Jozef Bayden AQSHda qurol aylanmasini cheklashga doir yangi chora-tadbirlarni belgilamoqchi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Agentlik maʼlumotlariga ko‘ra, Oq uy rahbari bu haqda dushanba kuni eʼlon qiladi. Undan ko‘zlangan maqsad noqonuniy yasalgan qo‘lbola o‘tochar qurollardan qurbon bo‘layotgan aholi sonini kamaytirish ekanligi aytilgan.
Shuningdek, bu turdagi qurollarni yasash taqiqlanishi ham kutilmoqda.
Reuters 2021 yilda o‘tochar qurollar qo‘llanilishi oqibatida mamlakatda 20726 kishi halok bo‘lganini qayd etgan.
Avvalroq AQSHda yuz bergan otishmada 5 kishi yaralangani to‘g‘risida xabar berilgandi.


