AQSh Prezidenti Jo Bayden kelasi hafta boshida Xitoyning “sezgir texnologiyasi”ga sarmoya kiritishni cheklash bo‘yicha farmonni imzolamoqchi.
U imzolashi kerak boʻlgan ijro qarorining maqsadi kelajakda Amerika kapitali va tajribasi Xitoyning harbiy modernizatsiyasini qoʻllab-quvvatlovchi hamda AQSh milliy xavfsizligiga tahdid soluvchi texnologiyalar rivojini tezlashtirmaslikdan iborat.
Baydenning buyrug'i AQShning xususiy sarmoyasi, venchur kapitali va Xitoyda yarimo'tkazgichlar, kvant hisoblashlari hamda sun'iy intellektga qo'shma korxona sarmoyasiga qaratilgan.
Ba'zi operatsiyalar butunlay taqiqlanadi.


