AQSHning sobiq prezidenti o‘zi taxmin qilganidek, hibsga olinishi oldidan jahl ustida tvit qoldirdi.
“Xitoy, Rossiya, Eron, KXDR va boshqa uncha do‘stona bo‘lmagan davlatlar dunyoni bo‘lish bilan band bo‘lgan bir paytda bizning qachonlardir buyuk davlat bo‘lgan Amerika Qo‘shma Shtatlarimiz shunchaki o‘tirib kuzatmoqda. Biz endi chegaralari ochiq, saylovlari soxta va inflyatsiyasi ulkan bo‘lgan davlatmiz. Bizning “yetakchimiz” yeyish, ichish va atrofni ifloslantirishdan boshqa hech narsa qilmayapti”, — deb yozgan Tramp o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Tramp Oq uyga qaytish yo‘lida kuch to‘plamoqda. Ijtimoiy tarmoq orqali u o‘z tarafdorlarini saylovdagi raqibi — demokratik partiyaning “iflos siyosiy o‘yinlariga qarshi” norozilik aksiyasiga chiqishga chaqirgan.


