Kim Chen Inning singlisi AQSH prezidentining KXDRdagi rejim o‘zgarishi haqidagi tahdidiga javob qaytardi.
“Bayden keksa odam, uning kelajagi yo‘q”, — dedi Kim Yo Chen.
Amerika yetakchisi Janubiy Koreya prezidenti bilan uchrashuvdan so‘ng Pxenyanning Seulga taxminiy yadro zarbasi berishi haqida gapirgandi. Bayden Qo‘shma Shtatlar Seulni himoya qilishga va hatto Pxenyan yoki mintaqadagi boshqa ittifoqchisidan o‘ch olishiga ishontirgan.
Baydenning qayd etishicha, Qo‘shma Shtatlar Koreya yarimorolida yadro qurolini joylashtirishni rejalashtirmayapti.


