AQSH prezidenti Jo Bayden Rojdestvo bayrami uchun taʼtilga chiqdi. U dam olish kunlarini shahar tashqarisida o‘tkazadi, keyin esa Karib dengizi orollariga uchadi.
Kecha, 23 dekabr kuni Bayden Kemp Deviddagi qarorgohiga ko‘chib o‘tgan. Rojdestvo arafasida davlat rahbari u yerda qolmoqchi. Shundan so‘ng prezident va birinchi xonim birrovga Oq uyga qaytadi, 27 dekabr kuni esa Yangi yilni nishonlash uchun Santa-Kruz oroliga yo‘l olishadi.
Prezidentning Respublikachilar partiyasidan bo‘lgan raqiblari uning 2,5 yillik prezidentlik davrida 358 kunni dam olish kuni sifatida o‘tkazganini hisoblab chiqishdi. Bu deyarli bir yil degani. Qo‘shma Shtatlar rahbari yozgi taʼtilni Delaver shtatida joylashgan plyajli qarorgohida o‘tkazgandi.


