AQSH prezidenti Jo Bayden agar hujjat Kongress tomonidan tasdiqlansa, mamlakatda TikTokʼni taqiqlashga qaratilgan qonun loyihasini imzolashini aytdi.
"Agar u qabul qilinsa, men uni imzolayman", dedi davlat yetakchisi.
Payshanba kuni TikTok ilovasiga qarshi kampaniya boshlandi va Kongress uni butunlay taqiqlashni rejalashtirayotganini maʼlum qildi.
NBS telekanali xabariga ko‘ra, qonun loyihasi 7 mart kuni Energetika va savdo qo‘mitasi tomonidan maʼqullangan. AQSH Kongressining quyi palatasi uni kelasi hafta ko‘rib chiqishi kutilmoqda. Hujjat Baydenning stoliga yetib borgunga qadar Senat tomonidan ham tasdiqlanishi kerak.


