AQSH Prezidenti Jozef Bayden Sharqiy Osiyo sammitidagi chiqishida Xitoy bilan munosabatlarga alohida eʼtibor qaratdi.
“Qo‘shma Shtatlar XXR bilan faol raqobatlashishda va Xitoyda inson huquqlarini buzilishi bo‘yicha gapirishda davom etadi. Shu bilan birga ochiq aloqa kanallari saqlab qolinadi va raqobat nizoga aylanib ketmasligi kafolatlanadi”, – degan Prezident.
Bundan tashqari, AQSH yetakchisi Rossiyaning Ukrainadagi harakatlarini keskin qoralagan. Shuningdek, Tayvan bo‘g‘ozi atrofida tinchlik va barqarorlikni saqlab qolish muhimligini taʼkidlagan.


