1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Bayden yana yiqilib tushdi — video

Oq Uyning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i keksa siyosatchining ahvoli haqida maʼlumot berdi.

Bayden yana yiqilib tushdi — video

 

AQSH prezidenti Jo Bayden 1-iyun kuni Kolorado shtatida harbiy havo kuchlari akademiyalari bitiruvchilariga diplomlarni topshirish marosimidagi ishtiroki vaqtida yiqilib tushdi.

 

Bayden sahnaga chiqayotganida qoqilib ketgan. 80 yoshli siyosatchining o‘rnidan turishiga tansoqchilari yordamlashgan.

 

Oq Uyning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Ben Labolt Twitter sahifasida prezident qum to‘ldirilgan qopga qoqilib yiqilganini yozdi va hozirda «uning ahvoli yaxshi» ekanini qayd etdi.

 

Eslatib o‘tamiz, AQSH tarixidagi eng keksa prezident avval ham bir necha bor yiqilib tushgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика