1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Baydening qayta saylanish imkoniyati yuqori — Olaf Shols

Germaniya kansleri AQSHdagi prezidentlik saylovi haqida gapirdi.

Baydening qayta saylanish imkoniyati yuqori — Olaf Shols

 

Germaniya kansleri Olaf Shols AQSH prezidenti Jo Baydenning o‘z lavozimiga qayta saylanish imkoniyati yaxshi ekanini taʼkidlab, AQSHning hozirgi rahbariyati davrida transatlantik hamkorlik rivojini yuqori baholadi.

 

“Menimcha, prezident Bayden qayta saylanish uchun yaxshi imkoniyatga ega”, — dedi Shols Yevropa forumida.

 

Shu bilan birga, kansler Germaniya har qanday AQSH hukumati bilan hamkorlik qilishga tayyor bo‘lishi kerakligini taʼkidladi.

 

“Men AQSHning amaldagi prezidenti bilan juda yaqin transatlantik hamkorlikka ega ekanligimizga ishonaman. Menimcha, bu oddiy narsa emas, balki shu paytgacha erishgan katta muvaffaqiyatimiz”, — deya qo‘shimcha qilgan u.

 

AQSHda prezidentlik saylovi 2024 yilning noyabriga belgilangan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика