1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Baydenning 2020-yildagi g‘alabasi noqonuniyligi daʼvo qilinmoqda

AQSHdagi respublikachilarning 65 foizi eski saylov natijalaridan norozi.

Baydenning 2020-yildagi g‘alabasi noqonuniyligi daʼvo qilinmoqda

 

Bu haqda Respublikachilar partiyasining praymerizlari bo‘lib o‘tgan Janubiy Karolina shtatida o‘tkazilgan birinchi exit-poll natijalariga ko‘ra “CNN” maʼlum qildi.

 

Respondentlarning 65 foizga yaqini Bayden oxirgi prezidentlik saylovlarida noqonuniy g‘alaba qozonganini bildirgan. So‘rovda qatnashganlarning atigi 32 foizi Amerikaning amaldagi rahbarining qonuniy g‘alabasiga ishonchi komil ekanini aytgan.

 

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp va uning tarafdorlari 2020 yil noyabr oyida bo‘lib o‘tgan saylovlardan so‘ng ayrim shtatlarda ovozlarni qayta sanab chiqish uchun sudga bir necha bor murojaat qilgan.

 

Ammo respublikachilarning harakatlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi, daʼvolar sudlar, jumladan AQSH Oliy sudi tomonidan rad etildi. 2021 yil 20 yanvar kuni AQSHning yangi prezidenti Jozef Baydenning qasamyod qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика