1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Baydenning Yevropa safaridagi "sarguzashtlari"

U Finlandiyada qizaloqni tishlab olgan.

Baydenning Yevropa safaridagi "sarguzashtlari"

 

AQSh Prezidenti Jo Bayden Finlandiyani tark etishdan oldin qizaloqning yelkasidan tishlab oldi, deb xabar berdi Fox News.

 

Voqea payshanba kuni Bayden Xelsinkidan jo‘nab ketayotganda, Oq uy rahbari samolyotga chiqishdan oldin elchixona xodimlari va ularning oila a’zolari bilan salomlashganda sodir bo‘lgan.

 

Kadrlarda AQSh Prezidenti onasining qo'lida turgan qizaloq tomon egilib, uning yelkasidan tishlamoqchi bo‘lganini ko‘rish mumkin. Bayden uning boshidan o‘pmoqchi bo‘lganida, qizaloq qo'rqib ketgan.

 

Bu Baydenning Yevropaga safari paytida yuz bergan yagona voqea emas. Avvalroq AQSh Prezidenti NATOning Vilnyusdagi sammitida chiqish qilib, Rossiya va Ukrainani chalkashtirib yuborgan edi. Xelsinkidan jo‘nab ketayotganda jurnalistlar Bayden bu safarsamolyotga chiqish uchun qisqaroq narvondan foydalanganini, ammo baribir qoqilib ketganini payqashdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика