1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Bayram munosabati bilan pensiya pullari ertaroq beriladi

Sentabr oyi uchun pensiya va nafaqa to‘lov qaydnomalari avgust oyida shakllantiriladi.

Bayram munosabati bilan pensiya pullari ertaroq beriladi

 

O‘zbekiston mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan pensiya to‘lovlari oldindan yuklab beriladi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati xabar berdi.

 

“Yurtimizdagi keksa yoshdagi fuqarolarni, pensiya va nafaqa oluvchilarni hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash va Mustaqillik bayramini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish maqsadida Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan joriy yilning sentyabr oyi uchun pensiya va nafaqa to‘lov qaydnomalari avgust oyida shakllantiriladi”, — deyiladi xabarda.

 

Qayd etilishicha, jamg‘arma pensiya va nafaqa to‘lovlarini boshlash uchun yetarli mablag‘larni 2022 yil 1 sentabrga qadar tijorat banklariga moliyalashtirib beradi.

 

Pensiya va nafaqa to‘lovlarini naqd pulsiz (bank karta) shaklda oluvchi fuqarolarning joriy yil sentabr oyi uchun pensiya hamda nafaqalari 2022 yil 1 sentabrga qadar ularning bank plastik kartalariga yuklab beriladi.

 

Pensiya va nafaqa to‘lovlarini naqd shaklda oluvchi fuqarolarga joriy yilning 5 sentabrdan boshlab tasdiqlangan grafiklar asosida to‘lovlar boshlanadi.

 

Eslatib o‘tamiz, Mustaqillik bayrami munosabati bilan O‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam oladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика