4 may, chorshanba kuni Samarqand–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan yengil mashina avtohalokatga uchradi. Mudhish hodisa oqibatida mashina ichida bo‘lgan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 4-kurs talabasi halok bo‘ldi. 5-may, payshanbadan o‘qishlar boshlanishini inobatga olib, marhum talaba ham 4 may kuni Toshkentga yo‘l olgan. Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zDJTU talabasi o‘z joniga qasd qilgani xabar berilgandi [https://t.me/zamonuz/26381].