1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Bayramda viloyatlararo qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 3–4 may kunlari viloyatlararo qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.

Bayramda viloyatlararo qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

 

Yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida 3- va 4 may kunlari Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkent—Namangan—Samarqand—Namangan—Toshkent va Toshkent—Farg‘ona—Urganch—Farg‘ona—Toshkent yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha aviaparvozlarni amalga oshiradi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati maʼlum qildi.

 

Qo‘shimcha qatnovlar quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi (mahalliy vaqt bilan):

Toshkent—Namangan—Samarqand—Namangan—Toshkent (3 may)

·         Toshkentdan jo‘nab ketish — 07:00;

·         Namanganga yetib borish — 08:00;

·         Namangandan jo‘nab ketish — 08:50;

·         Samarqandga yetib borish — 10:15;

·         Samarqanddan jo‘nab ketish — 19:00;

·         Namanganga yetib kelish — 20:20;

·         Namangandan jo‘nab ketish — 21:10;

·         Toshkentga yetib kelish — 22:00.

Toshkent—Farg‘ona—Urganch—Farg‘ona—Toshkent (4 may) 

·         Toshkentdan jo‘nab ketish — 07:00;

·         Farg‘onaga yetib borish — 08:00.

·         Farg‘onadan jo‘nab ketish — 08:50.

·         Urganchga yetib borish — 10:15;

·         Urganchdan jo‘nab ketish — 19:00;

·         Farg‘onaga yetib borish — 20:30;

·         Farg‘onadan jo‘nab ketish — 21:20;

·         Toshkentga yetib kelish — 22:10.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.

Avvalroq Uzbekistan Airways Ramazon hayiti munosabati bilan chegirma eʼlon qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 2022 yil 2 maydan 4 maygacha amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlarning barcha tariflariga 50 foiz chegirma joriy qilingan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика