“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ayni damda Ukrainada bo‘layotgan voqealar haqida fikr bildirdi.
“Siyosatchilar bularning oldini olishlari mumkin edi. Biroq, urush oxir-oqibat sodir bo‘ldi. Ular endi butunlay muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Menimcha bu muammoni hal qila olishmaydi. Begunoh odamlar azob chekmoqda. NATO va Yevropa davlatlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi”, — deya “Marca” nashri Gvardiolaning so‘zlaridan iqtibos keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, 24 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada harbiy maxsus operatsiya boshlanganini eʼlon qilgan edi. Shu kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatda harbiy holat joriy etilganini eʼlon qildi.
Avvalroq, Xavi Holand bilan uchrashgani va “PSJ” “Fiorentina”dan Mbappega o‘rinbosar topgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov


