Belarus Prezidenti O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan muborakbod etdi.
U o‘z tabrigida Minsk va Toshkent o‘rtasidagi muloqot o‘zaro ishonch, hurmat, qo‘llab-quvvatlash va ittifoqchilik tamoyillari asosida jadal rivojlanayotganini taʼkidladi.
“Ishonchim komil, Minsk va Toshkent o‘rtasidagi konstruktiv hamkorlik yana-da mustahkamlanib, Belarus va O‘zbekiston xalqlari farovonligi yo‘lida yangi keng ko‘lamli qo‘shma loyihalar bilan boyib boradi”, — deyilgan tabrikda.


