1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Belgiyada koronavirusning yangi to‘lqini boshlandi

Fransiyada ham epidemik vaziyat yomonlashgan.

Belgiyada koronavirusning yangi to‘lqini boshlandi

 

Belgiya sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda koronavirus pandemiyasining yangi to‘lqini boshlanganini tasdiqladi. Bu haqda “Interfaks” nashri yozmoqda.

 

O‘tgan haftadan kunlik kasallanish holatlari 26 foizga oshib, 2823 taga yetgan, shifoxonaga yotqizilganlar soni esa 28 foizga ko‘paygan.
Infeksiya tarqalishining eng yuqori cho‘qqisi oktyabr oyining o‘rtalarida bo‘lishi kutilmoqda.

 

Fransiyada ham ekspertlar koronavirus infeksiyasi ko‘payishi munosabati bilan niqoblar rejimini qaytarish masalasini muhokama qila boshlagan. Agar epidemiologik vaziyat shu tarzda davom etsa, mamlakatda pandemiyaning sakkizinchi to‘lqini boshlanadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика