Madridliklar yarimhimoyachisi muxlislar ovoziga ko‘ra 2023/24-yilgi mavsum uchun Mahou Five Star Player mukofotini oldi.
"Debyut mavsumimda bu sovrinni yutganimdan juda faxrlanaman. Meni tanlashganidan juda xursandman va muxlislardan cheksiz minnatdorman. Bu yerdaligimdan, shu oila a’zosi ekanligimdan juda mamnunman. Umid qilamanki, ular mening o‘yinimni tomosha qilishdan zavq olishdi. Bu ajoyib mavsum edi. Bu yerda bo‘lishning har bir daqiqasi va soniyasidan zavqlanaman. Uni ta’riflash uchun so‘z topish qiyin. Har safar maydonga chiqqanimda o‘zimni baxtiyor his qilaman. Bu jamoada o‘ynashdan faxrlanaman", — dedi 20 yoshli futbolchi.
2023/24-yilgi mavsumda Bellinghem barcha musobaqalarda "Real" safida 42 o‘yinda 23 ta gol urgan.


