Hukumat 15-iyuldan boshlab mamlakatda ishlab chiqarilgan benzin va dizel yoqilg‘isini eksport qilishga vaqtinchalik cheklov o‘rnatdi.
Mazkur qaror respublikada neft mahsulotlari narxlarining keskin oshib ketishini oldini olish maqsadida qabul qilingani aytilmoqda.
Joriy yilning iyun oyida 1 tonna Ai-90 avtobenzini birja savdolarida o‘rtacha 8,5 mln so‘m, iyul oyining o‘tgan davrida o‘rtacha 10,1 mln so‘mni tashkil etgan, iyun oyiga nisbatan 1,6 mln so‘mga oshgan. Bunday holat xususiy AYOQSHlarda chakana narxlarning oshishiga olib kelgan. Shuningdek, bu yil avtobenzinga bo‘lgan talab 1,2 mln tonna bo‘lishi (o‘tgan yilga nisbatan 18,2 foizga ko‘p) kutilmoqda.
Qarorda benzin va dizel yoqilg‘isini import qilishga cheklov o‘rnatish haqida so‘z bormagan.


