1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Bepul tibbiy yordam oladigan shaxslar ro‘yxati kengaytirildi

Prezident farmoni bilan ayrim hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Bepul tibbiy yordam oladigan shaxslar ro‘yxati kengaytirildi

 

Farmon bilan Prezidentning ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

 

Shunga ko‘ra, davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar ro‘yxati quyidagicha o‘zgardi:

 

  • Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona qo‘mitasi va Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazining Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilari va xodimlarining oila aʼzolari (ota-onasi, halok bo‘lgan vaqtda qonuniy nikohda bo‘lgan xotini (eri) va farzandlari).

  • Shuningdek, O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida tan jarohati olgan harbiy xizmatchilarga (xodimlariga) yoki halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) oila aʼzolariga bir martalik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan ko‘shimchaga ko‘ra:

  • Harbiy xizmatchi (xodim) Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lganda, uning oila aʼzolariga marhumning asosiy egallagan lavozimi bo‘yicha maoshi (oliy harbiy-taʼlim muassasasi kursanti, tinglovchisi stipendiyasi) va harbiy (maxsus) unvoni maoshi yig‘indisining 150 barobari miqdorida nafaqa tayinlanadi.

     

Mazkur nafaqa 2023-yil 1-apreldan keyingi davrda halok bo‘lgan harbiy xizmatchining (xodimning) oila aʼzolariga to‘lanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика