Berlinning markazida joylashgan Dom Aquaree mehmonxonasida 16 metrli akvarium yorilib ketdi. Akvariumda 1,5 ming dengiz baliqlari bo‘lgan. Ikki kishi jabrlangan.
Twitterda foydalanuvchilar voqea joyidan video bilan bo‘lishmoqda.

Dom Aquaree Berlin markazidagi Karl-Libknext-Shtrasse ko‘chasida, Berlin Aleksanderplas va mashhur teleminora yaqinida joylashgan.
Akvarium dunyodagi eng katta akvariumlardan biri hisoblanadi. Unda 1,5 mingta dengiz baliqlari va 1 million litr suv bor bo‘lgan. Suv baliq bilan birga ko‘chaga oqib chiqdi.


