1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Besh davlat elchisi Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘ldi — foto

Prezident Falastin, Yaponiya, Qatar, Slovakiya va Pokistonning O‘zbekistondagi yangi elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi.

Besh davlat elchisi Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘ldi — foto

 

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 aprel kuni bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda favqulodda va muxtor elchilar - Falastindan Javad Avvad, Yaponiyadan Xatori Takashi, Qatardan Hasan Hamza Hoshim, Slovakiyadan Viktor Boreski va Pokistondan Ahmad Farukning ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

Prezident o‘z nutqida ochiq va pragmatik tashqi siyosatni amalga oshirayotgan Yangi O‘zbekiston xalqaro maydonda yangi marralarga erishayotgani, do‘stlar va ishonchli hamkorlar safini kengaytirayotganini taʼkidladi. Yaqinda mamlakatning Shvetsiya va Vengriyada elchixonalari ochildi. Toshkentda Qatarning diplomatik missiyasi o‘z ishini boshladi.

 

O‘zbekiston yetakchisi ziddiyatlar va mojarolar keskinlashib borayotgan murakkab xalqaro vaziyat sharoitida barcha mamlakatlar bilan o‘zaro ishonch va hurmatga asoslangan tashqi siyosatni amalga oshirishning ahamiyati tobora ortib borayotganini alohida taʼkidladi.

 

Qayd etilganidek, prezident xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, global moliyaviy institutlar bilan sheriklikni mustahkamlamoqda, Turkiy davlatlar tashkilotida samarali raislikni amalga oshirmoqda va joriy yilda ilk bor Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitini qabul qilmoqda. O‘ndan ziyod yirik xalqaro tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

"Xalqaro hamjamiyat uchun yana-da ochiq va samimiy hamkor bo‘lishga astoydil intilamiz. Buning uchun bizda siyosiy iroda, qatʼiyat, eng muhimi, imkoniyat va yetarli salohiyat bor", — dedi prezident.

 

Falastin – O‘zbekistonning Yaqin Sharqdagi anʼanaviy hamkorlaridan biri. Xalqlarni ko‘p asrlik do‘stlik rishtalari, mushtarak diniy va madaniy qadriyatlar o‘zaro bog‘lab turadi.

 

O‘zbekiston Slovakiyani Yevropa Ittifoqida salmoqli iqtisodiy salohiyatga ega istiqbolli hamkorlaridan biri sifatida qabul qiladi.

 

So‘zining yakunida O‘zbekiston prezidenti yangi tayinlangan xorijiy diplomatik missiyalar rahbarlariga masʼuliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика