Turkiyaning “Beshiktosh” klubi "PSJ" sobiq futbolchisi Serxio Ramos bilan kelisha olmadi.
Turk klubi futbolchining oyligi borasida kelisha olmadi va muzokaralarni davom ettirmaslikka qaror qildi. Ramos talab qilgan mablag‘ni, Istanbul jamoasi bera olmasligini ma’lum qilgan. Ayni vaqtda “Beshiktosh”ning asosiy raqobatchisi “Galatasaroy” Serxio Ramos bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.
Ayni vaqtda erkin agent bo‘lib turgan Serxio Ramos ikki yil davomida "PSJ"da 57 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi.


