1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Bill Geyts tez orada yangi pandemiya boshlanishidan ogohlantirdi

Keyingi pandemiyaga fanga noma’lum patogen sabab bo‘ladi.

Bill Geyts tez orada yangi pandemiya boshlanishidan ogohlantirdi

 


Amerikalik milliarder, Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts tez orada insoniyat koronavirus bilan bog‘liq, ammo undan ham yomonroq yangi pandemiyaga duch kelishi mumkinligini aytdi. Bu haqda u Myunxendagi xavfsizlik konferensiyasida gapirdi. 

 

Geytsning fikricha, COVID-19ning dunyoda hukmronligi tugamoqda. Kasallikning og‘ir turlari rivojlanishi xavfi pasaymoqda, bu esa aholining katta qismi kasallikka qarshi immunitetga ega bo‘lganini bildiradi. 

 

Ammo, milliarderning so‘zlariga ko‘ra, bu insoniyatni yangi balodan qutqarmaydi. Bill Geyts keyingi pandemiyaga qanga noma’lum patogen sabab bo‘lishini aytdi. 

 

"Biz yana bir pandmiyani boshdan o‘tkazamiz. Keyingi safar uning qo‘zg‘atuvchisi boshqa bo‘ladi", - dedi Geyts. 

 

Ayni paytda u mamlakatlar birgalikda harakat qilib sog‘liqni saqlash tizimini rivojalantirsa, insoniyatni qutqarishi mumkinligini ta’kidladi. Shuningdek, u hukumatlarni tibbiy texnologiyalarga sarmoya kiritishga chaqirdi.

 

Bill Geyts avval ham koronavirusga qarshi immunitet paydo bo‘lgani va bunda "omicron" shtammining hissasi kattaligini aytgan edi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика