Germaniyaning BioNTech kompaniyasi AQSHning Pfizer firmasi bilan COVID-19‘ning yangi variantlariga qarshi vaksina sinovlarini boshlashini maʼlum qildi.
Klinik sinovlar shu oyning o‘zida boshlanadi. Gap koronavirusning “omikron” shtammi BA.4 va BA.5 variantlari haqida ketmoqda. Agar sinovlar muvaffaqiyatli o‘tsa, vaksina ishlab chiqarish oktyabr oyida boshlanadi.
Ammo unga tegishli litsenziya olinishi talab etiladi. kompaniyalarning bahorda BA.1variantiga qarshi chiqargan vaksinalari Amerika va Yevropa tartibga soluvchi organlari tomonidan maʼqullanmagan edi.
Avvalroq Yaponiyada COVID-19 bo‘yicha kunlik rekord qayd etilgandi.


