Kecha, 13-mart kuni “Taxtaqoracha” dovonida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida dovon yo‘lining 1138–1141 kilometrlari oralig‘ida qisman o‘prilish yuzaga kelganligi bois, avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgandi.
Faqulodda vaziyatlar vazirligi tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda olib borilgan muhofaza tadbirlarini muvofiqlashtirib bordi.
Amalga oshirilgan zaruriy tadbirlar natijasida bugun, 14-mart kuni soat 17:35 da “Taxtaqoracha” dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochilgan.


