2100-yilga kelib, Qo'shma Shtatlar bo'ylab minglab arvoh shaharchalar paydo bo'lishi mumkin. Sababi zamonaviy megapolislar aholisining 12-23 foizga qisqarishi bo'ladi. Bu haqda amerikalik olimlar ma'lum qilishdi.
Tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, asr oxiriga kelib dunyoda sezilarli iqlim o'zgarishlari yuz beradi, bu ichimlik suvi yetishmasligi va transport inqirozi bilan bog'liq muammolar tufayli yanada kuchayadi. Shu munosabat bilan aksariyat yirik shaharlar aholining chiqib ketishiga duch keladi.
Natijada, megapolislar parchalana boshlaydi va ularning aholisi soni sezilarli darajada kamayadi. Oziq-ovqat do‘konlari yopiladi, elektr ta’minotida uzilishlar yuz beradi, ijtimoiy va maishiy infratuzilma yomonlashadi.
Olimlarning ta'kidlashicha, shunga o'xshash muammolar AQShning ayrim shaharlarida allaqachon paydo bo'la boshlagan. Xususan, 2021-yilda Missisipi shtatidagi Jekson shahri aholisi ichimlik suvidan mahrum bo‘lgan.
Shaharlar uchun yana bir muammo aholining qarishi bo'ladi. Shunday qilib, hisob-kitoblarga ko'ra, 2100-yilga kelib, butun dunyo bo'ylab 80 yoshdan oshgan odamlar soni besh yoshgacha bo'lgan bolalar sonidan oshadi. Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, hozirda Amerika shaharlarining 43 foizi aholining qisqarish jarayonini boshdan kechirmoqda. Bu tendensiya kelajakda yanada kuchayadi.


