Aholining sifatsiz oziq-ovqat maxsulotlaridan zaharlanishining oldini olish maqsadida Hududiy Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmalari bilan birgalikda jami 17 mingdan ortiq bozorlar, savdo majmulari va boshqa obyektlarda o‘rganishlar olib borildi. Unga ko‘ra, 10 ming kilogramga yaqin sifatsiz oziq-ovqat mahsuloti isteʼmoldan chiqarildi.
Qrim-Kongo gemorragik isitmasi kasalligining oldini olish bo‘yicha Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmalari, veterinariya xizmati bilan birgalikda 16 760 ta obyektlar o‘rganilib, 900 ming metr kvdan ortiq maydon dezinseksiya qilish orqali zararsizlantirildi.Shuningdek, respublika bo‘yicha 2 100 dan ortiq iqtisodiy va 23 574 ta ijtimoiy obyekt, sel, toshqin va ko‘chkiga xavfli 144 ta obyekt o‘rganib chiqilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rildi.
69 ta daryo va kanal o‘zanlari tozalanib, 6 ta daryo qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlari bajarildi.
“O‘zgidromet” xizmati agentligi, Xavfli jarayonlarni kuzatish davlat xizmati bilan birgalikda sel, toshqin va ko‘chkiga xavfli hududlardagi xo‘jaliklar o‘rganib chiqilib, xavfli hududlardagi 2 ta xo‘jalik doimiy va 13 ta xo‘jalik vaqtinchalik ko‘chirildi.


