1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Media

Bir yilda O‘zbekiston pasporti jahon reytingida ikki pog‘onaga ko‘tarildi

Dunyo bo'yicha global Pasport indeksi e'lon qilindi.

Bir yilda O‘zbekiston pasporti jahon reytingida ikki pog‘onaga ko‘tarildi

 

Kanadaning "Arton Capital" konsalting firmasi tomonidan tuzilgan global Pasport indeksida O‘zbekiston 95 davlat orasida 68-o‘rinni egalladi.

 

Indeksni tuzishda kompaniya pasportlarni ularning egalari vizasiz yoki xorijiy davlatga kelganida viza olish orqali qancha davlatga borishi mumkinligiga qarab baholadi. O‘zbekiston fuqarolari 29 davlatga vizasiz tashrif buyurishi mumkin, 46 davlatga kelganida vizani olishi mumkin, uch davlat esa elektron kirish ruxsatnomasini talab qiladi. 120 ta davlatga tashrif buyurish uchun siz umumiy belgilangan tartibda kirish vizasini olishingiz kerak.

 

Shunday qilib, so‘nggi bir yilda O‘zbekiston pasporti jahon reytingida ikki pog‘onaga ko‘tarilib, umumiy ko‘rsatkich 73 tadan 78 taga ko‘tarildi. Xususan, 2024-yilda BAA, Tailand, Ummon, Pokiston bilan vizasiz rejim joriy qilingan.

 

Dunyodagi eng kuchli pasport egalari BAA fuqarolari ekani qayd etilgan. Ular 133 ta davlatda vizasiz rejimga ega, yana 47 tasida esa kelganlarida vizani olishlari mumkin. Suriya ro'yxatda oxirgi o‘rinni egalladi. Mamlakat fuqarolariga 9 ta davlat vizasiz sayohat qilishni taklif qiladi, yana 31 davlatda esa viza yetib kelganida beriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика