1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Mudira bizni hayotimizni barbod qildi — Xorazmda mansabdorlar tajovuziga uchragan qiz

Xorazmdagi oilaviy mehribonlik uyida mansabdorlar bilan jinsiy aloqada bo‘lgan qizlardan biri hodisa aslida qanday bo‘lganini aytib berdi.

Mudira bizni hayotimizni barbod qildi — Xorazmda mansabdorlar tajovuziga uchragan qiz

 

Avvalroq, Xorazmda oilaviy mehribonlik uyida tarbiyalanuvchi qizlar ikki davlat mansabdorlari bilan jinsiy aloqada bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Xabarlarda qizlarning o‘zi jinsiy aloqada bo‘lishga rozi bo‘lgani ham aytiladi. Ijtimoiy tarmoqda mazkur holat keng muhokamalarga aylanganidan so‘ng, jabrlangan qizlardan biri voqea haqida intervyu berdi.

 

Qizning aytishicha, internetda qizlarning o‘zlari rozi bo‘lgani haqida tarqalgan xabar asossiz. Jinsiy aloqada bo‘lishga mehribonlik uyi mudirasi majburlagan.

 

"Bizdan o‘zini ishlarini bitirish uchun foydalangan (mehribonlik uyi mudirasi — tahrir). Bizga xayriya sifatida krossovka olib beramiz, deb bozorga borib, 250 ming so‘mga 2 dona krossovka olib bergan. Shuni evaziga jinsiy aloqada bo‘lasan deb majburlagan",deydi jabrlangan qizlardan biri.

 

Uning aytishicha, u qarshilik qilgan vaqtida uni boshqa qizlarga qo‘shmasdan ovqat bermaslik bilan jazolagan.

 

"Birovga aytsang hech narsani isbotlay olmaysan. Orqamda kuchli odamlar bor, deyishardi. Maktabimiz direktoridan yordam so‘raganmiz, Ichki ishlar xodimlari orqali najot topdik.

Tergov bo‘ldi. Tergov jarayonida hamma narsa yuzlashtirildi. Lekin u tan olmadi. Men krassovka olib bermaganman, bu qizlarning axloqi o‘zi buzuq, dedi. Agar bizning axloqimiz buzuq bo‘lsa, u yerga axloqimizni to‘g‘rilash uchun borganmiz. U bo‘lsa, qaytanga axloqimizni buzib tashladi. Mudiramiz bizning hayotimizni barbod qildi.

Bizga intervyu bermanglar, agar intervyu bersangiz, o‘zlaringiz sharmanda bo‘lasiz, deb aytishdi. Lekin internetda hamma qizlarning o‘zlari rozi bo‘lgan ekan deyishmoqda. Biz bu ishlarga rozi bo‘lmaganmiz, bo‘lmasa murojaat qilmagan bo‘lardik. Adolatli hukm bo‘lishini istaymiz", — degan qiz.

 

Eslatib o‘tamiz, mazkur holat yuzasidan viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i va Yangiariq tumani FVB boshlig‘iga nisbatan 1,5 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. Mudiraga nisbatan esa 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика