1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

"Biz O‘zbekiston jurnalistlari mehnatini nafaqat bugun, balki har kuni qadrlaymiz"

AQSH elchisi elchisi Jahon matbuot erkinligi kuni bilan o‘zbekistonlik OAV xodimlarini tabrikladi.

"Biz O‘zbekiston jurnalistlari mehnatini nafaqat bugun, balki har kuni qadrlaymiz"

 

Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Henik 3 may – Jahon matbuot erkinligi kuni bilan barcha o‘zbekistonlik ommaviy axborot vositalari xodimlarini, jurnalist va blogerlarni tabrikladi.

 

“Jahon matbuot erkinligi kunida biz butun dunyo bo‘ylab o‘z jamiyatlarida maʼrifat ulashayotgan, ularni xabardor qilib, o‘zaro munosabatga kirishayotgan jurnalistlarning jasoratini sharaflaymiz. Erkin va mustaqil matbuot vatandoshlarga ularning turmushini shakllantiradigan voqealarni tushunishga yordam beradi hamda g‘oyalar va fikrlar xilma-xilligini targ‘ib qiladi. Bunday erkin axborot almashinuvi har bir demokratik davlatning asosiy bo‘lagi sanaladi”, — deyiladi bayonotda.

 

Jonatan Henik ko‘plab jurnalistlarning ko‘rsatayotgan jasoratini va tashabbusini alohida taʼkidlagan.

 

“Bugungi kunda ko‘plab jurnalistlar dunyoda sodir bo‘layotgan voqealarni, jumladan, Rossiyaning Ukrainaga qarshi bosqinchilik urushini va Afg‘onistondagi inson huquqlarining buzilishini yoritish uchun o‘z hayotlarini xavf ostiga qo‘yishmoqda. Darhaqiqat, bugungi kunda erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalarining faoliyati har qachongidan ham muhimroqdir”.

 

Shuningdek, elchi AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi O‘zbekistonda media sohasidagi ijobiy siljishlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini qo‘shimcha qilgan.

 

“Hamkasblarim va men turli treninglar hamda taʼlim olish imkoniyatlari orqali qo‘llab-quvvatlayotganimiz o‘zbekistonlik jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan hamkorlikni qadrlaymiz. Biz O‘zbekiston jurnalistlari mehnatini nafaqat bugun, balki har kuni sharaflashdan faxrlanamiz”, — deyiladi bayonotda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика