1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Biz Xitoy va Rossiyadan farqli o‘laroq vaksina evaziga hech narsa talab qilmaymiz — Jozef Bayden

AQSH Xitoy va Rossiyadan farqli o‘laroq boshqa davlatlarga beg‘araz vaksina yetkazib bermoqda. Bu haqda Jozef Bayden Illinoys shtatidagi chiqishida maʼlum qildi.

Biz Xitoy va Rossiyadan farqli o‘laroq vaksina evaziga hech narsa talab qilmaymiz — Jozef Bayden

 

 

Biz boshqa davlatlarga yordam berishimiz shart va bizning o‘z manfaatlarimiz bor. Bundan tashqari men butun dunyo rahbarlari bilan uchrashdim va bundan keyin ham uchrashaman”, – degan Bayden emlashning ahamiyati haqida gapirib.

 

“Boshqa davlatlar o‘zini  ko‘p narsaga erishayotgandek ko‘rsatmoqda. Biz butun dunyoga boshqalarga qaraganda ko‘proq vaksina yetkazib beryapmiz. Lekin Xitoy va Rossiyadan farqli o‘laroq vaksina evaziga hech narsa talab qilmaymiz. Hech narsa. O‘ylaymanki, bu muhim ahamiyatga ega”, – degan Prezident.

 

AQSH Adminstratsiyasi maʼlumotlariga ko‘ra, Vashington hozirga qadar butun dunyoga 1.1 milliard doza vaksina yetkazib bergan.

 

Bundan avval koronavirus Uxan shahrida 2019 yilning yozidayoq tarqalgan bo‘lishi mumkinligi hamda Moskvada emlanganlar o‘rtasida lotoreya o‘ynalishi xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика