1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Blinken: AQSH Ukrainani Qrimni qaytarishga undamayapti

Vashington yarimorolga hujumni Rossiya “qizil chiziq”ni kesib o‘tish sifatida qabul qilishidan xavotirda.

Blinken: AQSH Ukrainani Qrimni qaytarishga undamayapti

 

AQSH Ukrainani Qrimni qaytarish bo‘yicha harakatlarga undamayapti. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar davlat kotibi Entoni Blinken maʼlum qildi.

 

Amerika maʼmuriyati Kiyevning Qrimga ehtimoliy hujumini Rossiya uchun “qizil chiziq” deb hisoblamoqda. Politico gazetasiga ko‘ra, Blinken ekspertlar guruhi bilan onlayn muloqot paytida bu harakatlar Moskva tomonidan ulkan javob choralariga olib kelishini aytgan. Shu bilan birga yarimorol bo‘yicha harbiy amaliyot o‘tkazish qarori Vashingtonda emas, Kiyevda qabul qilinishi taʼkidlangan.

 

Politico‘ning to‘rtta manbasi AQSH yordami Ukrainaning sharqdagi harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilganini qayd etgan.

 

Ukraina bundan avval bir necha bor Qrim ustidan nazoratni tiklash niyati haqida maʼlum qilgan. Amerika razvedkasining fikricha, Kiyevda yarimorolga hujum uchun resurslar yetarli emas.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика