1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Bloger Blinovskaya Toshkentga kelar chog'ida qo‘lga olindi

Avvalroq Rossiya Tergov qo‘mitasi tomonidan unga nisbatan soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash va jinoiy daromadlarni legallashtirish bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan.

Bloger Blinovskaya Toshkentga kelar chog'ida qo‘lga olindi

 

Rossiyadan chiqib ketmoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olingan bloger Yelena Blinovskaya 28-aprel kuni Toshkentda o‘tkaziladigan “To‘rtinchi o‘lchov” seminarida nutq so‘zlashi kerak edi.

 

iticket.uz maʼlumotlariga ko‘ra, bloger nutqi uchun chiptalar narxi 1 million so‘mdan 8,8 million so‘mgacha (90 dan 780 dollargacha)ni tashkil etadi.

 

Avvalroq Rossiya Tergov qo‘mitasi Blinovskayaga nisbatan soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash va jinoiy daromadlarni legallashtirish bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgani, u Rossiya Federatsiyasidan chiqib ketmoqchi bo‘lganida qo‘lga olingani haqida xabar bergan edi.

 

“Afsuski, aniq maʼlumot yo‘q bo‘lsa-da, biz bu masalani hal qilyapmiz”, — dedi RIA Novosti seminarning PR agentligida tadbirning bekor qilinishi haqidagi savolga javob berib.

 

Rossiya Tergov qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, Blinovskaya 2019-2021 yillarda umumiy summasi 918 million rubldan ortiq soliq to‘lamagan. Jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchining ishxonasi va yashash joyida tintuv ishlari olib borilmoqda. Hozirda tergov davom etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика