Bugun, 5-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining ochiq sud jarayonida blogerlik faoliyati bilan shug‘ullangan Otabek Sattoriyga oid jinoyat ishi kassatsiya tartibida berilgan shikoyat asosida ko‘rib chiqildi.
Kassatsiya instansiyasining 2022-yil 5-apreldagi ajrimi bilan blogerga nisbatan chiqarilgan jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudining 2021-yil 10-maydagi hukmi hamda Samarqand viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining 2021-yil 15-iyuldagi ajrimi o‘zgarishsiz, shikoyat qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.


