1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Blogerlarning janjali sudda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi

Hozirda janjal sabab loyiha vaqtinchalik to‘xtatilgan.

Blogerlarning janjali sudda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi futbol maydonida havaskor o‘yinchilar o‘zaro janjallashganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan shahar IIBB rasmiy munosabat bildirdi. 

 

Qayd etilishicha, 28-may kuni soat 21.00 larda Shayxontohur tumani “Jar” o‘yingohida LikeCup loyihasi doirasida sanʼatkorlar va blogerlar o‘rtasida futbol bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tgan. O‘yin yakunlanganidan so‘ng, 2004 yilda tug‘ilgan o.O‘. ijtimoiy tarmoqlarda obunachilarini ko‘paytirish va ushbu o‘yinga ommaning eʼtiborni yana-da ko‘proq jalb qilish (piar) maqsadida go‘yoki jamoalar o‘rtasida janjal kelib chiqqanligini sahnalashtirishgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan tekshiruv o‘tkazilib, turnir ishtirokchilari bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan. LikeCup loyihasi doirasida yuz bergan yuqoridagi holat jamoatchilik o‘rtasida keskin eʼtirozlar keltirib chiqqanligi va huquqbuzarlik sodir etilishiga sabab bo‘lganligi uchun loyiha vaqtincha to‘xtatilgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan loyiha tashkilotchilari, ushbu janjalni sahnalashtirganlar va unda ishtirok etganlarning barchasining shaxsi aniqlanib, ularga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rishlik uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudiga yuborilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика