1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Bloomberg dunyodagi eng nufuzli 50 kishini eʼlon qildi

Har yili o‘tkaziladigan so‘rovda joriy yilda erishgan yutuqlari “eʼtirofga loyiq” bo‘lgan biznes, ko‘ngilochar, moliya, siyosat, fan va texnologiya sohalari vakillari tilga olindi.

Bloomberg dunyodagi eng nufuzli 50 kishini eʼlon qildi

 

Bloomberg, 2021-yilda dunyodagi eng nufuzli odamlar ro‘yxatini eʼlon qildi.

 

Har yili o‘tkaziladigan so‘rovda joriy yilda erishgan yutuqlari “eʼtirofga loyiq” bo‘lgan biznes, ko‘ngilochar, moliya, siyosat, fan va texnologiya sohalari vakillari tilga olinadi.

 

Shunday qilib, Pfizer farmatsevtika kompaniyasining bosh direktori Albert Burla biznes yo‘nalishida yetkachilik qilmoqda. Xabar qilinishicha, korxonaning BioNTech bilan hamkorlikda erishgan yutug‘i natijasida COVID-19 vaksinasi bo‘yicha 36 milliard dollardan ortiq bitimlar tuzildi va preparat "bu yil eng ko‘p sotilgan farmatsevtika mahsuloti”ga aylandi.

 

Moliya toifasiga, xususan, dunyodagi eng badavlat ayollardan biri, Amazon bosh direktori Jeff Bezosning sobiq rafiqasi Makkenzi Skott kiradi. U ajrashganidan keyin 800 ga yaqin xayriya tashkilotiga 8,6 milliard dollar xayriya qilganidan keyin eng saxovatli xayriyachi nomini oldi.

 

“Siyosat” ruknida, rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy ham bor. “Kremlning ashaddiy tanqidchisi zaharlanganidan keyin xorijda tuzalib vataniga qaytdi,u 10 oydan ortiq vaqt davomida hibsda saqlanmoqda”, — deyiladi agentlik xabarida.

 

Ilm-fan va texnologiya bo‘limida birinchi bo‘lib TikTok ijtimoiy tarmog‘ining bosh direktori Vanessa Pappas turibdi. TikTok yilning birinchi yarmida ikki asosiy raqobatchisi - Instagram (17,7 million) va Snapchat (14,2 million)ni ortda qoldirgan. Ilovani AQSHda 34,6 million odam yuklab olgan. Va nihoyat, ko‘ngilochar kategoriyada eng nufuzlilardan biri mashhur qo‘shiqchi Britni Spirs bo‘lib, u noyabr oyida besh oylik sud muhokamalaridan so‘ng o‘zini otasining 14 yillik vasiyligidan ozod, deb eʼlon qildi.

 

Avvalroq dunyoning yashash uchun eng qimmat shaharlari reytingi eʼlon qilingan edi.

 

Nasiba To`xtayeva tayyorladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика