1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

BMT: Dunyoda ochlikdan aziyat chekayotgan odamlar soni ko‘paydi

Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘tgan yili dunyoda 735 millionga yaqin odam ocharchilikka duch kelgan.

BMT: Dunyoda ochlikdan aziyat chekayotgan odamlar soni ko‘paydi

 

Iqlim muammolari, koronavirus pandemiyasi va global mojarolar, jumladan, Ukrainadagi urush tufayli yuzaga kelgan inqirozlar 2019 yildan beri dunyoda och odamlar sonini 122 millionga oshirdi.

 

Bu haqda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ishtirokida tayyorlangan so‘nggi hisobotida aytildi.

 

Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘tgan yili dunyoda 735 millionga yaqin odam ocharchilikka duch kelgan. 2019 yilda bu ko‘rsatkich 613 million bo‘lgan.

 

"Agar tendensiyalar shu tarzda rivojlanishda davom etsa, 2030 yilgacha ochlikka barham berish bo‘yicha barqaror rivojlanish maqsadiga erishib bo‘lmaydi", — deyiladi hisobotda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика