1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

BMT Qurʼon va muqaddas kitoblarni yoqib yuborishni qoralovchi rezolyutsiya qabul qildi

28 davlat, shu jumladan, O‘zbekiston ham BMTning bu rezolyutsiyasini yoqlab ovoz bergan.

BMT Qurʼon va muqaddas kitoblarni yoqib yuborishni qoralovchi rezolyutsiya qabul qildi

 

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha kengashi ovoz berish natijalariga ko‘ra, muqaddas kitoblarni yoqish bilan bog‘liq harakatlarni qoralovchi rezolyutsiyani qabul qildi.

 

"Kengash so‘nggi paytlarda Qurʼoni karimning ommaviy va qasddan tahqirlanishini qoralaydi va qatʼiyan rad etadi hamda ushbu diniy nafrat harakatlari uchun javobgarlarni davlatlarning xalqaro inson huquqlaridan kelib chiqadigan majburiyatlariga muvofiq javobgarlikka tortish zarurligini taʼkidlaydi", — deyiladi hujjatda.

 

Rezolyutsiyani 28 davlat vakillari yoqlab, 12 tasi qarshi, 7 nafar delegat betaraf ovoz berdi.

 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti organi davlatlarni diniy nafrat so‘zlari yoki "kamsitish, adovat va zo‘ravonlikni qo‘zg‘atuvchi" harakatlar uchun javobgarlikka tortilishiga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan bo‘shliqlarni aniqlash uchun o‘zlarining milliy qonunlari, siyosatlari va qonunlarni qo‘llash tizimini qayta ko‘rib chiqishga chaqirmoqda.

 

Kengash BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari va Inson huquqlari bo‘yicha kengashning barcha tegishli maxsus tartib-qoidalarini o‘z vakolatlari doirasida diniy adovatni qo‘zg‘atishni, jumladan, muqaddas kitoblarni tahqirlash harakatlarini qoralashga chaqirdi.

 

Iyun oyi oxirida iroqlik qochqin Salvan Momika Stokgolmda Qurbon hayitini nishonlash chog‘ida Qurʼon musʼhafini yoqib yuborgan edi. Qurʼonning yoqib yuborilishi musulmon olamining keskin munosabatiga sabab bo‘ldi.

 

Voqea Jazoir, Afg‘oniston, Misr, Indoneziya, Livan, Suriya, Turkiya, O‘zbekiston, Arab davlatlari ligasi bosh kotibi Ahmad Abul G‘oyt va Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi bosh kotibi Jassim al-Budayve tomonidan qoralandi. Rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlagan davlatlar orasida O‘zbekiston ham bor.

 

Hujjatga 12 davlat, jumladan, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Litva va Belgiya qarshi ovoz bergan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика