Ijtimoiy tarmoqlar va turli raqamli platformalar odamlarni bog‘lash vositasi emas, balki qo‘rquv va dezinformatsiya manbayi bo‘lib bormoqda. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish maʼlum qildi.
“Hozirda raqamli platformalardan ilm-fanga putur yetkazish, noto‘g‘ri maʼlumot tarqatish va nafratni qo‘zg‘atish uchun noto‘g‘ri foydalanilmoqda”, — dedi u.
U kompyuter ilovalari nazoratdan chiqib ketmasligi, xavfsiz, himoyalangan, axloqiy va inson huquqlari bo‘yicha majburiyatlarga javob beradigan barcha choralarni ko‘rishga chaqirdi. Bundan tashqari, BMT Bosh kotibiga ko‘ra, davlatlar buning uchun “shoshilinch va zudlik bilan” choralar ko‘rishlari kerak.


