1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Iqtisodiyot

BMT Taraqqiyot dasturi O‘zbekistonga grant ajratadi

Mablag‘lar qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiya samarador qurilmalarni xarid qilishga yo‘naltiriladi.

BMT Taraqqiyot dasturi O‘zbekistonga grant ajratadi

 

Energetika vazirligi huzuridagi Tarmoqlararo energiyani tejash Jamg‘armasi va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi o‘rtasida shartnoma imzolandi

 

Kelishuv 833 ming dollar miqdoridagi grant mablag‘larini jalb qilishni o‘z ichiga oladi. Bu mablag‘lar jamg‘armaning hamkor banklari tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiya samarador qurilmalarni xarid qilish uchun ajratilgan «Yashil isteʼmol kredit»larining 30 foizgacha qismini so‘ndirishga yo‘naltiriladi.

 

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini xarid qilishni xotin-qizlar o‘rtasida qo‘llab-quvvatlash maqsadida grant mablag‘lari hisobidan ayollarga ajratilgan «Yashil isteʼmol kredit»ning 37,5 foizgacha qismi qoplab berilishi belgilanmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика