1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

BMT Ukrainadagi ko‘chirilganlarga yordamni qisqartirdi

Bunga AQShning moliyaviy yordamini to‘xtatgani sabab bo'lgan.

BMT Ukrainadagi ko‘chirilganlarga yordamni qisqartirdi

 

BMT Qochqinlar ishlari bo‘yicha Oliy komissariyati (UNHCR) Ukrainadagi yangi ko‘chirilgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan yordamni qisqartirganini ma’lum qildi. Tashkilot vakili Karolina Lindholm Billingning ta’kidlashicha, bu qaror AQSh tomonidan moliyaviy yordam to‘xtatilgani va umumiy donorlar sonining kamaygani tufayli qabul qilingan.

 

Qisqartirish psixososial yordam ko‘rsatish, vaqtinchalik turar-joy qurilishi uchun materiallar taqdim etish va pul shaklidagi yordamni o‘z ichiga oladi.

 

BMT Qochqinlar agentligi Rossiyaning keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan buyon 450 mingga yaqin kishiga yordam ko‘rsatib kelgan va 2024-yilda o‘z mablag‘larining 40 foizini AQShdan olgan edi.

 

Joriy yil boshidan beri Ukrainaning Pavlograd va Sumi shaharlaridagi tranzit markazlar orqali deyarli 7 700 kishi kiyim-kechak, gigiyena vositalari, shuningdek, huquqiy va psixososial yordam olgan.

 

"Ular deyarli hech narsasiz va chuqur ruhiy jarohatlar bilan kelmoqda", — dedi Billing.

 

BMT vakillari ta’kidlaganidek, zarur moliyaviy yordam ko‘rsatilsa, tashkilot va uning hamkorlari samarali yordam ko‘rsatishda yetarli salohiyat va imkoniyatlarga ega.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика