1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

BMT Xavfsizlik kengashi Yaqin Sharq bo‘yicha favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi

Bu haqida Xavfsizlik kengashiga raislik qilayotgan Shveysariya missiyasi maʼlum qildi.

BMT Xavfsizlik kengashi Yaqin Sharq bo‘yicha favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi

BMT Xavfsizlik kengashi bugun, 2 oktyabr kuni Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi.

 

Shveysariya diplomatlariga ko‘ra, yig‘ilish soat 10:00 (bizning vaqt bilan 19:00 da) boshlanadi. Tadbirdan so‘ng Xavfsizlik kengashi aʼzolarining yopiq maslahat uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

 

Isroil armiyasi (SAXAL) matbuot xizmati 1 oktyabr kuni Eron Isroil tomon keng ko‘lamli raketalar hujumi uyushtirgani haqida bayonot berdi.

 

The Jerusalem Post gazetasi xabariga ko‘ra, Eron Isroil hududi tomon 400 ga yaqin raketa uchirgan. Tel-Aviv shahri ham nishonga olingan.

 

Isroil bosh vaziri ofisi maslahatchisi Dmitriy Gendelman bergan bayonotga ko‘ra esa Eron Isroilga uchirgan raketalar soni 180 ta atrofida bo‘lib, ularning katta qismi zararsizlantirilgan.

 

O‘z navbatida, bosh vazir Binyamin Netanyaxu Eronning raketa hujumini «katta xato» deb atab, bu Tehronga qimmatga tushishini aytgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика