BMTning Jenevadagi shtab-kvartirasi xavfsizlik muammolari tufayli vaqtinchalik yopildi, deya xabar bermoqda Reuters tashkilot vakiliga tayanib.
Xabarda aytilishicha, ushbu qarorga nima sabab bo'lganligi haqida hozirgacha ma'lumot berilmagan.
Agentlikning ismi oshkor etilmagan suhbatdoshiga ko'ra, vaziyat BMT xavfsizlik xizmati tomonidan o'rganilmoqda. Muammo imkon qadar tezda hal qilinishi aytilgan.


