Intellektual mulk departamentining maʼlum qilishicha, murojaatni ko‘rib chiqish davomida Bobomurod Xamdamovga tegishli bo‘lgan qo‘shiqlar fuqarolar O. Quvatov, U. Quvatov va Sh. Bekmurodov tomonidan huquq egasi ruxsatisiz hamda tegishli tartibda shartnoma tuzmasdan ijro etilganligi aniqlandi.
Maʼlumot o‘rnida, Qonunning 19-moddasiga ko‘ra, yuridik va jismoniy shaxslar asardan faqat huquq egasi yoki boshqa vakolatli shaxs bilan tuzilgan shartnomaga binoan, shu jumladan mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomaga binoan foydalanishlari mumkinligi belgilangan.
Holat yuzasidan fuqarolar O. Quvatov, U. Quvatov va Sh. Bekmurodovlarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177(1)-moddasi birinchi qismi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilib, javobgarlik masalasini ko‘rib chiqishlik uchun tegishli tartibda sudga yuborildi.
Sudning qaroriga ko‘ra, huquqbuzarlarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177(1)-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etganligi uchun tegishli tartibda jarima jazosi tayinlandi.


