1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Boburiylar imperiyasi merosi bo‘lgan “Nurjahon” olmosi sotuvga qo’yildi

Hozirda olmosning qiymati qariyb 8 million dollarga baholanmoqda.

Boburiylar imperiyasi merosi bo‘lgan “Nurjahon” olmosi sotuvga qo’yildi

 

 

Boburiylar davriga oid noyob “Nurjahon” (Cartier Taj Mahal) olmosi yana san’at va moda olamida katta qiziqish uyg‘otdi. Afsonaviy marjon “Daxshatli tepaliklar” filmining Gollivuddagi premyerasida aktrisa Margot Robbie tomonidan taqildi. Tarixiy manbalarga ko‘ra, bu marjon Boburiylar imperatori Jahongirning rafiqasi — qudratli imperatrisa Nurjahon nomi bilan bog‘liq bo‘lib, hozirda uning qiymati qariyb 8 million dollarga baholanmoqda.

 

Yurak shaklida, stol uslubida sayqal berilgan olmos qizil tosh va nefritdan yasalgan nafis g‘ilofga joylashtirilgan. Marjonning orqa qismida mine ishlari bilan bezatilgan panjarasimon naqsh va “Nur Jahan” nomi hamda hijriy 1037 yil (milodiy 1627–1628) sanasi bitilgan. Bu sana imperator Jahongir hayotining va hukmronligining so‘nggi davriga to‘g‘ri keladi.

 

Asrlar davomida qo‘ldan-qo‘lga o‘tgan bu qimmatbaho buyum Boburiylar saroyidan Yevropa kolleksiyalariga, u yerdan esa Gollivud afsonasi Elizabeth Taylor xazinasiga borib taqaladi. 1972 yilda aktyor Richard Burton marjonni Taylor’ga 40 yoshga to‘lishi munosabati bilan sovg‘a qilgan. Keyinchalik u Elizabet Taylor kolleksiyasidagi eng tarixiy va ramziy ashyolardan biri sifatida e’tirof etilgan.

 

Bugun esa “Nurjahon” olmosi zamonaviy talqinda yangi ma’no kasb etmoqda. Margot Robbie marjonni boylik namoyishi uchun emas, balki uning ko‘p asrlik hikoyasi — muhabbat, kuch va ayollik timsolini davom ettirish uchun taqdi. Shu tariqa, Boburiylar saroyidan Gollivud qizil yo‘lagigacha yetib kelgan bu marjon endi nafaqat qimmatbaho taqinchoq, balki zamonlar osha o‘tib kelayotgan abadiy go‘zallik va ayol qudrati ramziga aylandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика