1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Bog‘chada 2 yoshli bola kaltaklandi

Holat yuzasidan Andijon viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Bog‘chada 2 yoshli bola kaltaklandi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatidagi oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida bola kaltaklangan” sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi. 

 

Holat yuzasidan Andijon viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi munosabat bildirdi

 

Qayd etilishicha, o‘rganish ishlari sudgacha borganligi hozirda sud jaryonlari davom etayotganligi sababli yakuniy xulosani sud qarori bilan berish rejalashtirilgan edi.

 

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 iyuldagi qaroriga asosan, oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 3-7 yoshli bolalar qabul qilinishi belgilab qo‘yilgan.

 

Biroq, "Adibaxon ona" oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi, hali 2 yoshga ham to‘lmagan M.ni tarbiyalanuvchilar safiga qabul qilgan.

 

Holat bo‘yicha 2023 yil 15 iyun kuni tarbiyachi M.X hamda yordamchi tarbiyachi D.X. lar lavozim majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi sababli ish beruvchi tomonidan vazifasidan ozod etilgan.

 

Tadbirkordan noqonuniy tartibda 3 yoshga to‘lmagan bola qabul qilganligi uchun qonun doirasida tegishli choralar ko‘rildi hamda keyingi ish faoliyatida bunday noqonuniy holatlar takrorlanmasligi bo‘yicha rasman ogohlantirildi.

 

Joriy yilning 14 iyun kuni bolani onasi tomonidan IIBning hududiy profilaktika inspektoriga ariza bilan murojaat qilgan va bolaga boshqa tan jarohat olgan (kuyish, kaltaklangan, noo‘rin xatti- harakatlar qilingan) degan gumon bilan ekspertizaga berildi. Ekpertiza xulosasi hududiy profilaktika inspektori kapitan Ibragimov tomonidan olinib, fuqarolik sudi Izboskan tumani bo‘limiga o‘rganib, chora ko‘rish yuzasidan berildi.

 

Holat yuzasidan maʼlumotlar tegishli organlarga topshirilgan hamda qonun doirasida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика