1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Bog‘cha bolasini kaltaklagan tarbiyachi ishdan bo'shatildi

Holat Buxoro viloyatida bo'lgandi.

Bog‘cha bolasini kaltaklagan tarbiyachi ishdan bo'shatildi

 

Ta’kidlanishicha, joriy yilning 20 noyabr kuni soat 9:30 larda Kogon shahridagi "Quyoshjon" oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi tarbiyalanuvchi bolani urgan. Holat aks etgan videoyozuv ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.

 

Qayd etilishicha, mazkur ma’lumotlarga aniqlik kiritish maqsadida Kogon shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan tegishli tashkilotlar hamkorligida o‘rganish olib borilgan.

 

"Vazifasini qo‘pol ravishda buzgan tarbiyachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Har qanday vaziyatda ham tarbiyachi yoki boshqa xodimning bolalarga ozor yetkazishga, ularni urish yoki kaltaklashga haqi yo‘q. Va bunday shaxslar tizimda faoliyat ko‘rsatishga noloyiq", — deydi boshqarma axborot xizmati rahbari Iroda Oripova.

 

Ayni paytda tarbiyachining xatti-harakatlariga qonuniy baho berish maqsadida huquq-tartibot idoralari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика