1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Bojxonachi bo‘lish istagidagi xotin-qizlarga vakansiya eʼlon qilindi

Bojxona qo‘mitasi ularga qo‘yiladigan talablarni maʼlum qildi.

Bojxonachi bo‘lish istagidagi xotin-qizlarga vakansiya eʼlon qilindi

 

Bojxona qo‘mitasi hududiy boshqarmalar bojxona postlaridagi bo‘sh lavozimlarga xotin-qizlarni xizmatga qabul qilish bo‘yicha tanlov eʼlon qildi.

 

Mazkur lavozimlarga tanlov asosida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, yoshi o‘n yettidan kam bo‘lmagan va o‘ttizdan oshmagan, oliy maʼlumotga ega, o‘zining shaxsiy, ishchanlik va axloqiy sifatlari, sog‘ligi va jismoniy tayyorgarligi darajasiga ko‘ra bojxona organi xodimining xizmat vazifalarini bajarishga qodir – bo‘yi 165 sm.dan kam bo‘lmagan xotin-qizlar qabul qilinadi.

 

Nomzod iqtisodiyot, moliya, buxgalteriya hisobi va audit, soliq, bojxona ishi, yurisprudensiya, xorijiy filologiya, tovarshunoslik yoki oziq-ovqat texnologiyasi mutaxassisliklaridan biriga ega bo‘lishi hamda rus va chet tillaridan birini mukammal bilishi lozim.

 

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasiga ko‘ra, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, xizmatni o‘tashga monelik qiladigan kasalligi yoki jismoniy nuqsonlari bo‘lgan, boshqa davlat organlaridan salbiy sabablarga ko‘ra bo‘shatilgan, sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm qilinganlar, qo‘llanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan va o‘ziga nisbatan amnistiya akti yoki afv etish qo‘llanilganligidan qatʼi nazar yoxud yarashuv munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan fuqarolar xizmatga qabul qilinmaydi.

 

Yuqoridagi talablarga mos kelmagan, saralash bosqichlaridan o‘ta olmagan yoki o‘zi va yaqin qarindoshlari to‘g‘risida bila turib noto‘g‘ri maʼlumotlar bergan, shuningdek belgilangan hujjatlarni belgilangan muddatda taqdim etmagan nomzodlarni xizmatga qabul qilish rad etiladi.

 

Tanlovda ishtirok etish arizalar joriy yilning 9 iyuliga  (shu kuni ham) qadar onlayn qabul qilinadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика