1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Boks bo‘yicha JCH: yarim finalga eng ko‘p O‘zbekiston bokschilari chiqdi

Kuba va Rossiya 6 nafar, Qozog‘iston esa 5 nafar bokschi bilan final yo‘llanmasi uchun kurashadi.

Boks bo‘yicha JCH: yarim finalga eng ko‘p O‘zbekiston bokschilari chiqdi

 

Toshkent shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan jahon chempionati yarim finaliga eng ko‘p O‘zbekiston bokschilari yetib keldi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi maʼlum qildi.

 

Musobaqada chorak final bahslari yakunlandi va medalchilar nomi maʼlum bo‘ldi.

 

Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi 9 nafar bokschi bilan yarim finalga qadar yetib keldi. Kuba va Rossiya 6 nafar, Qozog‘iston esa 5 nafar bokschi bilan final yo‘llanmasi uchun kurashadi.

 

Yarim finalchilarga ega mamlakatlar ro‘yxati:

 

O‘zbekiston – 9;

Kuba, Rossiya – 6;

Qozog‘iston – 5;

Fransiya, Gruziya, Hindiston, Ispaniya – 3;

Armaniston, Ozarbayjon, Braziliya, Mo‘g‘uliston – 2;

Xitoy, Italiya, Iordaniya, Qirg‘iziston, Meksika, Tojikiston – 1.

 

11 may kuni yarim final, 12-14 may kunlari final janglari o‘tkaziladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика